Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
160
16

1152025-12-29 20:18

Hazrati Ali mahallasida tarixiy voqea: aholini 100 foiz ichimlik suvi bilan taʼminlashga erishilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695840025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695847195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695848390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695849585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695850780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695851975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695851975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590695853170.jpg

Soʻx tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash, xususan, toza ichimlik suvi taʼminotini tubdan yaxshilash borasidagi tizimli ishlar oʻz ijobiy natijasini bermoqda. Navbatdagi yirik loyiha «Hazrati Ali» mahalla fuqarolar yigʻinida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

«Hazrati Ali» mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Fargʻona viloyat Kengashi deputati Subhonali Nishonovning taklifi asosida, tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan hududdagi ichimlik suvi taʼminoti masalasi joyida, yaʼni Tagob mavzesida atroflicha oʻrganildi. Mahalla aholisini ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlash maqsadida tuman rahbariyati tomonidan tezkor qaror qabul qilinib, 2 kilometr uzunlikdagi, 200 diametrli maxsus suv quvurlari ajratib berildi.

Ajratilgan quvurlarni yotqizish ishlari xalqimizning azaliy anʼanasi — hashar yoʻli bilan tashkil etildi. Mahalla raisi boshchiligida mahalliy aholi va koʻngillilar birlashib, «Joʻyi dam» ariği qirgʻoklarini kengaytirish orqali quvurlarni yotqizish ishlarini jadal surʼatlarda olib bordilar.

Uch oy davomida tinimsiz olib borilgan zahmatli mehnat bugun oʻz mevasini berdi. Loyiha ijobiy samara berib, hududga uzoq kutilgan «obi hayot» yetib keldi.

Hozirda loyihaning yakuniy bosqichi doirasida «Yangi avlod» firmasi tomonidan quduqlarni oʻrnatish va quvurlarni xonadonlarga ulash ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonlar toʻliq yakunlangach:
• «Hazrati Ali» MFY aholisi 100 foiz «samotyok» (oʻz oqimi bilan keluvchi) ichimlik suvi bilan taʼminlanadi;
• Loyihaning quvvati yuqoriligi sababli, shuningdek, «Saribozorcha» va «Sarikanda» mahalla fuqarolar yigʻinlarining muayyan qismlari ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishiga imkoniyat yaratildi.

Bu kabi xayrli ishlar Soʻx tumanida inson qadrini ulugʻlash va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish yoʻlidagi islohotlarning amaliy ifodasidir.

Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz