Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili





Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki drayverlarni ishga solish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Sharqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hamda Hushyor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida muhokama qilindi.
Hudud mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida mavjud muammolar va kamchiliklar batafsil ko‘rib chiqildi. Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga oid aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






