Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
160
16

1162025-12-29 20:17

“Soʻxtumangaz” idorasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602878585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602880975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602884560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602886950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602886950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602888145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590602889340.jpg

Yangi yil bayrami nafaqat shodiyona, balki oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelajakdagi istiqbolli rejalarni belgilab olish fursati hamdir. Shu munosabat bilan Soʻx tumani gaz taʼminoti idorasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman gaz idorasi rahbariyati va mutasaddilari tomonidan 2025 yil davomida aholi va korxonalarni tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash borasida qilingan ishlar alohida qayd etildi. Taʼkidlandiki, tizim xodimlarining fidokorona mehnati tufayli isteʼmolchilarning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish yoʻlida muhim natijalarga erishildi.

Shuningdek, kelayotgan 2026 yil uchun yangi va strategik rejalar belgilab olindi. Xususan, gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, tizimga yangi tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar ustuvor etib belgilandi.

Bayramning eng quvonchli qismi taqdirlash marosimi boʻldi. Yil davomida oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan bir guruh fidoyi xodimlar va tizimning barcha ishchilariga korxona maʼmuriyati tomonidan maxsus yangi yil sovgʻalari topshirildi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtib, barcha ishtirokchilarga aʼlo kayfiyat ulashdi. Xodimlar bir-birlarini qutlab, yangi yilda ham jipslikda va yuqori shijoat bilan ishlashga kelishib oldilar. Soʻx tumanida bayram shukuhi barcha mehnat jamoalarida davom etmoqda.

Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz