Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
160
16

1192025-12-29 20:14

Sud tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2111590383780115.jpg

Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi tomonidan 2025 yil davomida odil sudlovni ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, sud tomonidan 2025 yil davomida voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi jami 102 ta ariza ko‘rib chiqilib, voyaga yetmagan bolalar manfaati uchun aliment undirish haqida sud buyruqlari chiqarildi.

2025 yilning o‘tgan davri mobaynida bola uch yoshga to‘lguniga qadar ta’minot undirish haqidagi jami 21 ta da’vo talabi qanoatlantirildi.

Ish haqi undirishga oid 5 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, o‘z vaqtida berilmagan ish haqlari undirib berildi.

Jumladan, da’vogar A.Sh.ning manfaatida javobgar So‘x tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga nisbatan ish haqi va kompensatsiya undirish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha da’vogar A.Sh. foydasiga 20 468 408 so‘m ish haqi ustamasi hamda 89 334 483 so‘m kompensatsiya undirib berildi.

Sud tomonidan 2025 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan 24 ta, bevosita sudga kelib tushgan 3 ta murojaat mazmunan hal qilinib, murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

2025 yil davomida So‘x tuman sudi tomonidan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi, tuman hokimliklarining gazeta va rasmiy veb-saytlarida tegishli mavzular yoritildi. Shu bilan birga, sudyalar biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Sud raisi tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 16 marotaba chiqishlar amalga oshirildi, shundan 2 marotaba gazetada, 10 marotaba veb-saytlarda, 3 marotaba televidenieda va 1 marotaba radioda chiqish qilindi.

Og‘zaki davra suhbatlari shaklida 20 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ishlarni ko‘rish jarayonida davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaro faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 275-moddasi tartibida sud tomonidan 55 ta xususiy ajrim chiqarilib, ular ijro etish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Sh.R. Abdullaev — Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz