Soʻx tumanida yangi yil shukuhi va soha fidoyilariga ehtirom







Yangi yil bayrami arafasida Soʻx tumanining barcha hududlarida, korxona va muassasalarida keng koʻlamli bayram tadbirlari va maʼnaviy-maʼrifiy kechalar yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.
Tumandagi «Shabboda» dam olish maskanida Soʻx telekommunikatsiya bogʻlanmasi xodimlari uchun tashkil etilgan bayram tadbiri chinakam shodiyonaga aylandi. Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev ishtirok etib, soha vakillarini kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda soha faxriylari qatnashdilar.
Bayram davomida koʻp yillar davomida korxonaga samarali rahbarlik qilib kelgan Abduquddus Sherovning nafaqaga chiqishi munosabati bilan alohida ehtirom koʻrsatildi. Tuman hokimi fidoyi rahbarga tantanali ravishda toʻn kiydirib, tuman iqtisodiyoti va telekommunikatsiya tizimini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Abduquddus Sherov, shuningdek, «Oʻzbektelekom» AK filiali tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tizim rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh soha xodimlarining mehnati alohida eʼtirof etildi. Jumladan, Hakimjon Subhonov, Abdusalom Juraev, Masudjon Hamroaliev, Mayramxon Qobilova, Olimjon Kamolovlarga tuman hokimligi va tarmoq rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar, koʻkrak nishonlari hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bayram kechasi davomida namoyish etilgan konsert dasturlari, ijodiy chiqishlar va qiziqarli oʻyinlar barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. Bir piyola choy ustida kechgan suhbatlar yangi yil shukuhini yanada fayzli qildi.
Tadbir Soʻx tumani telekommunikatsiya bogʻlanmasi rahbari Xisrav Sharov tashabbusi va tashkilotchiligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Soʻxtumangaz” idorasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi


Sud tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar





