Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
155
16

112025-12-06 15:47

Konstitutsiyada daxlsizlik huquqi kafolatlari qanday?

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1765017986886.jpg

Mamlakatimizda 8 dekabr sanasi davlatning Bosh qonuni — butun jamiyatning ma’naviy poydevori, inson qadri va huquqlarining ishonchli kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish haqidagi farmoyishida ham asosiy maqsad xalqimizni Konstitutsiyada mujassam bo‘lgan ezgu qadriyatlar atrofida birlashtirish ekani alohida ta’kidlanadi.
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oya aynan shu birlashuvning va yuksak mas’uliyatning ifodasidir.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan umumxalq referendumi orqali qabul qilingan.
Qomusimiz moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga ko‘paydi.

Konstitutsiyada O‘zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekani, ushbu qoidalarni o‘zgartirib bo‘lmasligi mustahkam belgilandi.
Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsiz ekani, ularni kamsitish uchun hech qanday asos bo‘lishi mumkin emasligi kabi normalar bilan boyitildi. Shuningdek, mulk daxlsizligi va mulkiy huquqlar davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori bilan amalga oshirilishi mustahkamlandi.

Asosiy qonunimizning 13-moddasida esa O‘zbekistonda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari uy-joy daxlsizligi huquqi kafolatlari ham kuchaytirildi. Uy-joy daxlsizligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani — inson qadri tamoyilining amaliy tasdig‘idir.

Konstitutsiyaning 31-moddasiga muvofiq:
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchilarning irodasiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirish, unda olib qo‘yish va ko‘zdan kechirish faqat qonunda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Uy-joyda tintuv faqat sud qaroriga binoan ruxsat etiladi.

Shu bilan birga, har kim O‘zbekiston hududida erkin harakatlanish, yashash joyini tanlash huquqiga ega (qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno).
Har kim O‘zbekistondan erkin chiqish huquqiga ega, O‘zbekiston fuqarosi esa mamlakatga to‘siqsiz qaytish huquqiga ega ekanligi Konstitutsiyaning 32-moddasida mustahkamlangan.

U.Ergashev
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz