Tumanimiz hududlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash ishlari davom etmoqda







Butun respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar doirasida Mulgon mahallasida ham atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Havo sifatini saqlash va yashil hududlarni muhofaza qilish maqsadida mahallada daraxt va butalarga muntazam ravishda suv sepish, qish va yoz faslida eko-taktik choralar ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonlarda mutasaddi idoralar xodimlari keng jalb etilgan bo‘lib, mahalla raisi Domuloev Furqatjon tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Shuningdek, maxsus texnikalar yordamida ko‘chalarni tozalash, obodonlashtirish va sug‘orish ishlari muntazam tashkil etilmoqda. Bu tadbirlar mahalla aholisi uchun sog‘lom va qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.
Aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Mulgon mahallasidagi barqaror ekologiya uchun hamkorlik va mas’uliyatning ahamiyati alohida e’tirof etiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Soʻxtumangaz” idorasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi


Sud tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar

Soʻx tumanida yangi yil shukuhi va soha fidoyilariga ehtirom





