XALQ KONSTITUTSIYASI

Yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston “huquqiy davlat” degan konstitutsiyaviy tamoyil muhrlangan. Bu barchani qonun oldida tengligini va qonundan hech kim ustun emasligini ta’minlanadi, sudlar tomonidan adolatli qarorlar qabul qilinishi, umuman olganda davlat organlarining xalqga xizmat qilishi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirganligi, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qiladi. Xususan, unda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilangan, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi qayd etilgan.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi hamda qonunlar, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Inson va davlat organlari o‘rtasida yuzaga kelgan noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinadi. Huquqiy ta’sir choralari maqsadga erishish uchun yetarli va mutanosib bo‘lishi kerakligi belgilangan. Bu normalar huquqni qo‘llash faoliyatida inson manfaatlari ustuvor bo‘lishini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Qonunchilikda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas. O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan tashqarisiga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan. Jinoyat protsessida inson huquqlari kafolati eng ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirilgan.
Xususan, shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi (“Xabeas corpus” instituti), hamda shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerakligi (“Miranda qoidalari”) belgilab qo‘yilgan. Ushbu huquqiy kafolatlar inson huquqlarini muhofazasini kuchaytirish sohasidagi ishlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishi, ularni davlat organlarining suiste’molliklaridan ishonchli himoya qilishi, shaxsiy erkinlik daxlsizligini va insonlarni noqonuniy hibsga olishga yo‘l qo‘ymaslikni kafolatlashi mumkin.
Mazkur Konstitutsiya haqiqatan ham Xalq Konstitutsiyasi bo‘lganligi, unda aholining barcha qatlamlari, jumladan ayollar, nuroniylar, bolalar, yoshlar, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, xorijdagi vatandoshlarimiz, hatto mahkumlar – barcha-barachasining huquq va manfaatlari hisobga olinganligini ko‘rish mumkin.
Sh. Abdullaev — Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






