Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
181
16

1012025-12-03 17:12

Bank foydasiga 200 million so‘m undurildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2108892899492850.jpg

Byuroning Sо‘x tuman bo‘limi xodimlari navbatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega ishni amalga oshirishdi. Ular ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sо‘x tuman sudining 04.05.2024 yilda chiqargan ijro varaqasi asosidagi qarz undirish jarayonini to‘liq ijro etdilar.

Sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor “SAQ” ishlab chiqarish kooperativi “MILLIY BANK” foydasiga katta miqdordagi qarzni qaytarishi shart etib belgilangan edi.

Ijro harakatlari chog‘ida Byuro tomonidan korxonaning moliyaviy holati o‘rganildi, hisob-kitob hujjatlari tahlil qilindi va amaldagi qonunchilik asosida undirish choralarini qo‘llashdi.

Shu sa’y-harakatlar natijasida qarzdor korxonadan 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m qarz majburiy ravishda undirib olindi ва to‘liq holda undiruVchining bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Bu holat yana бир bor shuni ko‘rsatadiki, qonun oldida hammA teng — majburiyatni bajarmaslikning iloji yo‘q. Majburiy ijro organlari esa o‘z vazifalarini halol, tizimli va qat’iy bajarishda davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz