Sо‘x tumanida ekologik barqarorlikni ta’minlash ishlari davom etmoqda







Butun Respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ekologik chora-tadbirlar doirasida Sо‘x tumanida ham atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, havo ifloslanishining oldini olish hamda daraxtlarga suv sepish ishlari izchil davom etmoqda. Ushbu amaliy ishlarga mutasaddi idoralar xodimlari keng jalb etilgan bo‘lib, jarayonlar nazorati tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tomonidan doimiy ravishda olib borilmoqda.
Tumanda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshi kurashish, ekologik muvozanatni saqlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud imkoniyatlar va resurslardan unumli foydalangan holda ko‘chalar, aholi gavjum hududlar hamda yashil maydonlardagi daraxtlarga suv sepish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, maxsus texnikalar ishtirokida ko‘chalarni tozalash, obodonlashtirish va suv sepish ishlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borilmoqda.
Sо‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Soʻxtumangaz” idorasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi


Sud tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar

Soʻx tumanida yangi yil shukuhi va soha fidoyilariga ehtirom





