Tumanimiz hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘larga asos solinmoqda








“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida So‘x tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Har bir soha va tizim vakili o‘z hissasini qo‘shib, nihol ekishga harakat qilmoqda, ayniqsa yoshlar yetakchilari faol ishtirok etishmoqda.
Bugun tuman hokimligi vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida yangi bog‘ga asos solindi. Yaxshi niyat bilan ekiiladigan har bir nihol ertaga sog‘lom daraxtga aylanadi.
“Har bir nihol – bu mahallamiz uchun ezgu amal va kelajakga beriladigan saodatdir, yoshlar sa’y-harakati mahallamizni yashil va obod qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi,” – deydi qo‘lida ketmon ushlab olgan Sarikanda mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Dodohayit Hasanov.
Yangi bog‘ga asosi solish jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari Muslimbek Mavlonbekov va Adhamjon Safarov ham ishtirok etdi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






