“Yashil makon” – obod mahallamiz uchun!








Bugun Mulgon mahallasida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hashаr tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida kamta’min oilalarga mevali daraxt ko‘chatlari tarqatildi va ekish ishlari amalga oshirildi.
Hasharda mahalla xodimlari, mahalla faollari va nuroniylar faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
“Har bir ko‘chat – kelajak uchun ezgu amal, mahallamizni yashil va obod qilishdagi hissamizdir,” – deydi mahalla raisi Furqatjon Domulloev.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x pedagogika texnikumida milliy qadriyatlar targ‘ibi


So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi








