Profilaktik tadbir o‘tkazildi





Farg‘ona viloyati So‘x tumanida spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan profilaktik tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik N.Bobomansurov hamda tuman tibbiyot birlashmasi narkolog shifokori ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi. Unda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati, spirtli ichimliklarning inson salomatligi va oilaviy muhitga ta’siri haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida sog‘lomlashish yo‘lini tanlagan fuqarolar rag‘batlantirildi, davolanishga muhtoj shaxslar aniqlanib, ular uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






