Istiqbolli davlat xizmatchisi 2025




Respublikamizda ilk bor Farg‘ona tajribasi asosida “Istiqbolli davlat xizmatchisi – 2025” tanlovi o‘tkazildi. Viloyat hokimligi va boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tanlovda 700 dan ziyod davlat xizmatchilari ishtirok etib, 63 nafar munosib nomzod saralab olindi.
So‘x tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Abdulmajidov viloyat miqyosidagi tumanlar hokimi o‘rinbosarlari orasidan yagona bo‘lib, “TOP 100” ro‘yxatiga kirdi. Shuningdek, tuman moliya va iqtisodiyot bo‘limi birinchi o‘rinbosari Zayliddin Iskandarov ham yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.
So‘x tumani rahbarlarining ushbu yutuqlari tumanda samarali boshqaruv va malakali kadrlar mavjudligidan dalolat beradi. Hokimlikning fakhri bo‘lgan bilimli xodimlarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat hamda yangi yuksak natijalar tilaymiz.
Bu yutuqlar So‘x tumani rivojiga qo‘shilayotgan muhim hissa bo‘lib, davlat boshqaruvining samaradorligini yanada mustahkamlaydi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi

Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi


So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi

So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .






