Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
155
16

2022025-11-10 17:32

So‘x tumanida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650986120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650988510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650989705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650990900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650990900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2106519650992095.jpg

So‘x tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ommaviy diktant” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktabrdagi 308-sonli qaroriga asoslanib o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi maslahatchisi ham ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida davlat tilini rivojlantirish, til madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan faoliyatni oshirishdir.

Tadbir davomida ishtirokchilarning til bilimlari sinovdan o‘tkazilib, natijalar tahlil qilindi. Shu orqali maktablar jamoasi va yoshlar o‘rtasida o‘zbek tilidan bilim va savodxonlikni oshirish, davlat tiliga hurmat va e’tiborni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz