So‘x tumanida “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida tadbirlar olib borilmoqda







Joriy yilning 1-30 noyabr kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida So‘x tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlarning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, turli xavf-xatarlarning oldini olishga e’tibor qaratishdan iborat.
Hodisa joyida FVB xodimlari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar, tushuntirishlar va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, aholiga favqulodda vaziyatlarda qo‘llanishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan ko‘rgazmalar va foto lavhalar taqdim etilmoqda.
So‘x tumani FVB xodimlari bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda olib borib, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlashga intilishmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






