“RAQAMLI AVLOD QIZLARI” TANLOVI SO‘X TUMANIDA O‘TKAZILDI



O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi 377-sonli buyrug‘i hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2025-yil 21-oktabrdagi 342-sonli buyrug‘ini ijro etish maqsadida So‘x tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining 2025-yil 30-oktabrdagi 159-sonli buyrug‘iga asoslanib “Raqamli avlod qizlari” tanlovi o‘tkazildi.
21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchi qizlarning loyihalari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi.
10-sonli maktabda esa g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 16–20 yoshdagi o‘quvchi qizlar o‘rtasida 9 nafar va 20–30 yosh toifasida 1 nafar ishtirokchi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Raqamli avlod qizlari” sertifikati hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ular endilikda viloyat bosqichida So‘x tumanining faxrini himoya qiladilar.
Muxtorali Muxtorov – Tuman MMTBning AKTni joriy etish va ta’limni raqamlashtirish metodisti
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi

Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi


So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi

So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .






