Fuqarolar qabulі – xalq bilan ochiq muloqot








Xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlash va fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulі o‘tkazildi.
Qabulni So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev boshqardi. Tadbirda hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar batafsil o‘rganildi. Har bir murojaat bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Qabulning asosiy maqsadi – aholining muammolarini joyida hal etish, davlat organlari bilan xalq o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ishqonchini yanada mustahkamlashdan iboratdir.
So‘x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x pedagogika texnikumida milliy qadriyatlar targ‘ibi


So‘x tumanida «Yosh kitobxon» tanlovining mahalla bosqichi boshlandi








