So‘x tumanida issiqlik va energiya ta’minoti tizimlari holati o‘rganildi








So‘x tumani hokimining o‘rinbosari Sodiqjon Murzoev, tuman elektr ta’minoti va gaz ta’minoti bo‘limlari rahbarlari bilan birgalikda tuman markaziy shifoxonasida yaqinda o‘rnatilgan qozonxona faoliyati hamda isitish tizimining samaradorligini ko‘zdan kechirdilar. Joyida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, S. Murzoev Sharqobod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti, Chashma mahalla fuqarolar yig‘inidagi 30-sonli va Oqtobru mahalla fuqarolar yig‘inidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarining issiqlik tizimlari holatini o‘rgandi. Tashriflar davomida tizimning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi, mas’ullarga tegishli tavsiyalar va vazifalar yuklatildi.
Kuz-qish mavsumi dolzarbligini inobatga olgan holda, tuman hokimligi kuz-qish shtabi faoliyatini hamda ko‘rsatilgan korxona va muassasalarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni tahlil qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi aholi va muassasalar uchun qulay, issiq va xavfsiz muhitni ta’minlash borasida barcha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






