Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
155
16

1192025-11-04 16:48

So‘x tumanida nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105897002567230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105897002569620.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105897002570815.jpg

So‘x tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat-ijro qonunchiligini ijro etish va probatsiya guruhi tomonidan jazo o‘tayotgan, nazorat ostida bo‘lgan shaxslar bilan navbatdagi profilaktik suhbat tashkil etildi.

Tadbirda tuman IIB boshlig‘i, polkovnik Qosimjon Rahimberdiyev ishtirok etib, huquqbuzarlik va takroran jinoyat sodir etish holatlarining oldini olish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda fuqarolarning qonunlarga itoatkorlik ruhini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.

Suhbat davomida nazorat ostidagi shaxslarga jinoyatchilikning oqibatlari, uning shaxsiy hayot va oila farovonligiga salbiy ta’siri haqida misollar bilan ma’lumotlar yetkazildi. Shuningdek, ularni mehnat faoliyatiga jalb etish va jamiyatga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish, fuqarolarni qonun ustuvorligiga sodiqlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz