JARAYON








Bugun So‘x tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev rahbarligida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, nuroniylar, mahallalardan kelgan yettilik vakillari hamda partiya a’zolari ishtirok etdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi So‘x tuman Kengashi tomonidan tashkil etildi. Unda partiya tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan bir qator faol a’zolarga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari va ko‘krak nishoni topshirildi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Xalq demokratik partiyasining mamlakatimiz siyosiy hayotidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, partiyaning tuman bo‘limi rahbariyati va faol a’zolariga minnatdorlik izhor etdi.
Tadbir davomida bir guruh fidoyi partiya a’zolariga ko‘krak nishoni va tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida Xalq demokratik partiyasi tuman bo‘limi kotibi Vohidjon Bahromov tashkilot nomidan minnatdorlik bildirdi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Istiqbolli davlat xizmatchisi 2025







