Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

352025-10-21 18:05

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 36 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079141040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079143430.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079145820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079149405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079154185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079155380.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079156575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2104457079157770.jpg

So‘x tumanida ham “O‘zbek tili kuni” hamda ona tilimizning davlat tili maqomiga ega bo‘lganligining 36 yilligi katta shodiyona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir 30-sonli tuman bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, hokim o‘rinbosarlari, soha mutasaddilari, ta’lim va madaniyat muassasalari rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, o‘zbek tilining jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni va ma’naviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. U tilning millat birdamligi va davlat mustaqilligining muhim asoslaridan biri ekanini ta’kidlab, yoshlar ongida ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash har birimiz uchun muqaddas burch ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda yosh san’atkorlar tomonidan bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Ular o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va iftixorni ifoda etdilar.

Yig‘ilganlar bayram tadbiridan yuqori kayfiyatda chiqishdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir xalqimizning o‘z milliy tilga bo‘lgan muhabbati va sadoqatining yorqin ifodasi bo‘ldi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz