Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi








Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari Sodiqjon Murzoev va Madinaxon Safarova, shuningdek, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Fuqarolar asosan ishga joylashish, sog‘lig‘ini tiklash uchun imtiyozli yo‘llanma olish, moddiy yordam masalalari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa turli hayotiy muammolar yuzasidan murojaatlar bilan ishtirok etdilar.
Qabul davomida murojaatlarning ko‘pchiligi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Echimi ma’lum vaqt talab etuvchi masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan sektorlar rahbarlari fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berib, ularni qonuniy yo‘l bilan yechim topish tartiblari bilan tanishtirdilar.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Obod yurt – toza kelajak uchun!

Inson qadriga e’tibor – ezgu amallarda namoyon