Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
192
16

142025-09-26 19:04

Soʻx tumanida asalarichilik va dorivor oʻsimliklar yetishtirishni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2101880073432105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2101880073434495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2101880073435690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2101880073436885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2101880073438080.jpg

Asalarichilik

Soʻx tumani togʻ va togʻ oldi hududda joylashganligi sababli asalarichilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoit juda qulay. Ayni paytda tumanda jami 1050 ta asalari quttisida 1800 ta asalari oilasi parvarish qilinmoqda. Bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar mahalliy aholining qoʻshimcha daromad manbai hamda sogʻlom mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini yaratmoqda.

Dorivor oʻsimliklar

Tumanimiz tuproq va iqlim sharoiti dorivor oʻsimliklar yetishtirish uchun ham oʻta mos keladi. Jumladan, tabiiy holatda juda qimmatbaho hisoblangan dorivor kavrak oʻsimligi keng tarqalgan. Ushbu yoʻnalishni tizimli rivojlantirish maqsadida “Sumaya giyoh eksport” kooperativi tashkil etildi hamda uning ixtiyoriga 840 gektar togʻ va adir yer maydonlari ajratib berildi.

Hozirgi kunda mazkur kooperativ tomonidan:

2 gektar yer maydoniga kavrak koʻchatlari oʻtqazildi;

100 gektar yer maydoniga kavrakning “Koʻhiston” navi urugʻi ekildi.

Shuningdek, tumanda dorivor shafran yetishtirish ham yoʻlga qoʻyildi. Bu maqsadda “Soʻx shafran” MChJ klasteri tashkil etildi va uning ixtiyoriga 30 gektar yer maydoni ajratildi. Ayni vaqtda mazkur klaster shafrandan tayyorlangan mahsulotlarni “Soʻx shafran” brendi ostida qayta ishlab, qadoqlab ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz