Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
225
17

832025-09-02 19:09

“Bilimlar kuni” — 7-sonli maktab o‘quvchilari uchun unutilmas voqelikka boy bo‘ldi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466681945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466685530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466686725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466687920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466689115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466690310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466691505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099402466691505.jpg

So‘x tumani Mulgon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va pedagogik jamoasi uchun joriy yilgi “Bilimlar kuni” ayni haqiqiy bayram bo‘ldi. Maktabda “Tashabbusli byudjet” doirasida qurilgan zamonaviy mini-stadion tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ta’qdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakili Umidjon Mahmudov, mahalla faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Aytish joizki, “Tashabbusli byudjet” orqali amalga oshirilayotgan loyihalar aholi uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Jumladan, “7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimini yangilash hamda zamonaviy sun’iy qoplamali mini-futbol maydoni qurish” loyihasi yangi o‘quv yili arafasida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi, viloyat vakili hamda mehnat faxriylari mamlakatimizda ta’lim va tarbiya sohasiga qaratilgan e’tibor yuksak samara berayotganini ta’kidladilar. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlarda xalqning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Marosim chog‘ida qurilish ishlarida faol qatnashgan bir guruh fidoyilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur loyiha “Bunyodkor universal qurilish” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi. Qurilish ishlariga qariyb 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz