So'x tumanida yo'l infratuzilmasi yaxshilanmoqda





O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-sonli qarori asosida So'x tumanida yo'l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, istiqlolimizning 34 yillik tantanasi arafasida mahallalardagi ko'chalarni asfalьtlashtirish ishlari fuqarolarga o'zgacha ruh bag'ishlayotir.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i Oxonjon Oxonjonovning so'zlariga ko'ra, mazkur qaror asosida tumanning ko'plab mahallalarida yo'l qurilishi va ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, Demursad mahallasidagi “Do'stlik”, “Tabobat” va “Adirlik” ko'chalari ham asfalьtlanadi.
Ayni paytda korxonaning asosiy kuch va vositalari Demursad mahallasida ish olib bormoqda. Berilayotgan e'tibor uchun mahalliy aholi o'z minnatdorligini izhor etmoqda.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






