Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

4122025-07-12 07:45

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2093984584222610.jpg

Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov tumandagi bir qator fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida hokim agrotexnik tadbirlar – sug‘orish, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, u fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflarini tingladi.

Bahodirjon Xoliqov g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, qayta ishlashni kengaytirish va agrosanoat sohasida yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur tashrif fermerlar uchun nafaqat amaliy yordam, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘lib xizmat qilishi, hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz