Toshloq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi



Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishda Toshloq tumanida faoliyat yuritayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar va idoralar vakillari hamda ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tuman prokurori tomonidan tumandagi umumiy jinoyatchilik holati, 2025 yilning o‘tgan 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar holati atroflicha tahlil qilindi. Jinoyatlarning turlari, ularning sodir etilish holatlari, geografiyasi, jinoyatlarga sabab bo‘lgan omillar hamda bu illatni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar tahliliy ma’lumotlar asosida tanqidiy ruhda muhokama qilindi.
Xususan, yoshlar va nomustahkam oilalar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar, oilaviy zo‘ravonlik, ma’muriy huquqbuzarliklar soni hamda profilaktik ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida mutasaddi idoralar va ichki ishlar organlari vakillari kun tartibidagi masala yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shuningdek, muammolarni bartaraf etishga doir amaliy taklif va tavsiyalarini bildirishdi.
Tadbir yakunida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar aniqlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Madaniyat xalq ichiga kirib bormoqda!



