Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1452025-07-14 18:25

So'x mahalla fuqarolar yig'inida sud raisi ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236961080095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236961082485.jpg

Fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tumani sudi raisi Sh.Abdullayev tomonidan So'x mahalla fuqarolar yig'ini idorasida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabulda jami 7 nafar fuqaro ishtirok etdi va ular tomonidan turli masalalar yuzasidan 4 ta murojaat bildirildi. Murojaatlar asosan quyidagi yo'nalishlarga taalluqli bo'ldi:
2 ta murojaat — aliment undirish masalalari bo'yicha;

1 ta murojaat — uy-joyga kiritib qo'yish tartibi;

1 ta murojaat — nikohdan ajratish yuzasidan.

Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida qanoatlantirildi, qolgan 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan to'g'ridan-to'g'ri sud organi vakillariga murojaat qilish imkoniga ega bo'lishdi. Bu esa muammolarni to'g'ridan-to'g'ri o'rganish va hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Sud tizimidagi ochiqlik va fuqarolar bilan muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida bunday sayyor qabullar muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz