Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
94
11

1522025-07-14 18:23

Aholi murojaatlari e'tibor markazida — Yangiariqda sayyor huquqiy qabul o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236769858585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236769859780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236769862170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236769863365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094236769869340.jpg

So'x tuman Adliya bo'limi tomonidan Yangiariq mahalla fuqarolar yig'inida manfaatdor idoralar hamkorligida navbatdagi ommaviy sayyor huquqiy qabul bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — aholi vakillarining muammolarini joyiga chiqib tinglash, ularga huquqiy tushuncha berish va mavjud muammolarni amaliy hal etishdan iborat bo'ldi.

Qabulda 25 nafar fuqaro ishtirok etib, ulardan jami 18 tadan ortiq turli yo'nalishdagi murojaatlar qabul qilindi. Xususan:
11 ta murojaat bo'yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi;

4 ta masala joyida hal etildi;

1 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, nazoratga ko'tarildi.

Sayyor qabul davomida aholi ko'targan masalalar asosan yer ajratish, meros, uy-joy bilan bog'liq huquqiy muammolar, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy xizmatlarga oid bo'ldi. Har bir murojaat mas'ullar tomonidan o'rganilib, yechimlar bo'yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday sayyor qabullar aholi va davlat idoralari o'rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz