Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
76
9

532025-06-13 20:31

Biz giyohvandlikka qarshimiz!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045294627435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045294639385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045294648945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045294658505.jpg

Respublikamizning barcha hududlarida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida turli tadbirlar o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda yoshlarning faol ishtiroki ham ta'minlanmoqda.

Iyunь oyi “Yoshlar o'rtasida giyohvandlikni oldini olish va narkotik moddalar tarqatilishiga qarshi kurash” oyligi deb e'lon qilingan. Ushbu tadbir doirasida tumanning Lenbur mahallasida ham tadbir o'tkazildi. Mazkur tadbirda yoshlarga ushbu illatning zararli oqibatlari haqida film namoyish etildi.

Avvalo, giyohvandlik vositalari bilan shug'ullanish yurtimizda qonunan cheklangani va jinoyatga jazo muqarrarligi yoshlarga tushuntirildi. Shuningdek, yoshlar o'rtasida giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olish, sog'lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish borasidagi targ'ibot hamda tushuntirish ishlarini kuchaytirishga kelishildi.

Ushbu tadbir yoshlarning giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi bilim va tushunchalarini boyitish bilan birga, ana shu illatga nisbatan murosasiz kurashishga undadi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz