Farg‘ona tumanida “Dolzarb 90 kun“ doirasidagi tadbirlar faol davom etmoqda










Farg‘ona tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Dolzarb 90 kun“ doirasidagi tadbirlar tonggi jismoniy mashg‘ulotlar bilan boshlandi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘quvchilar birgalikda mashqlar bajarib, kunni faol va ijobiy kayfiyatda boshlashdi.
Shuningdek, “Ertaklar – yaxshilikka etaklar“ shiori ostida o‘tkazilgan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir davomida mashhur «Ur to‘qmoq» ertagi qahramonlari illyustrasiya usulida maktab o‘quvchilariga tanishtirildi. Tadbirda bolalar ertakdagi syujet va obrazlarni eslab, o‘z ijodiy mulohazalari bilan bo‘lishishdi. Bu orqali ularning badiiy-estetik dunyoqarashi va xotira qobiliyatlari rivojlantirildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar informatika xonalarida ham bo‘lishib, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
1-iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida esa maktab o‘quvchilari «Ettibuloq» sihatgohiga tashrif buyurib, madaniy hordiq chiqarishdi. Ushbu tashrif orqali bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ular uchun quvonchli va unutilmas damlarni taqdim etish maqsad qilingan edi.
Tadbirlar davomida o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi, ijodkorlik va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘x tumanida “Xavfsiz xonadon” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari holati o‘rganildi

Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mahallalarda tadbirkorlik va aholi bandligini rivojlantirish ishlari tahlili

“Buloqlar parki” - yangi turizm maskani






