Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
71
9

2102025-06-01 12:04

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761422590.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761428573.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761432443.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761436093.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761442116.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761445556.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1748761449689.jpg

Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi

Joriy yilning 15 may kuni Prezidentimiz rahbarligida maktab ta‘limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi e‘lon qilingan edi. Mazkur dastur doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Mazkur dastur doirasida Respublika miqyosidagi tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihalarini barcha hududlarda bir vaqtning o‘zida boshlash maqsadida ommaviy tadbir tashkil etildi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan anjumanni viloyat hokimligi, mas‘ul tashkilotlar vakillari hamda yoshlar Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan monitor orqali onlayn tarzda kuzatib bordilar.

Anjuman davomida dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar kelishib olindi. Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga farg‘onalik iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar ham namoyish etildi. Farg‘onada ham “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlandi.

Ma‘lumot o‘rnida, joriy yil yoz mavsumida Farg‘ona viloyatidagi 128 ta oromgohda jami 37 ming 800 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, 14 ta stasionar oromgohda 9 ming 300 nafardan ziyod, 114 ta umumta‘lim maktablari qoshida tashkil etiladigan kunduzgi oromgohlarda esa 28 ming 500 nafar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz