Viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda









1 iyunь — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatimizda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Farg‘ona shahridagi Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan asosiy bayram tadbiri ham ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi.
Unga viloyatimiz shahar va tumanlaridan 160 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan hamda kam ta‘minlangan oilalar farzandlari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari taklif etildi.
Tadbir Kashtanzor ko‘chasi bo‘ylab bolajonlar, ularning ota-onalari va ertak qahramonlari ishtirokida o‘tkazilgan yurish marafoni bilan boshlandi.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov so‘z olib, bolajonlarni bayram bilan qutladi. Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan yosh avlodning barkamol voyaga etishi, ta‘lim-tarbiya olishi va iste‘dodini namoyon etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini alohida ta‘kidladi.
Tadbir doirasida rasmlar ko‘rik-tanlovi, sport musobaqalari, shaxmat va shashka o‘yinlari o‘tkazildi. Ularda bolalar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.
Iste‘dodli o‘g‘il-qizlar ishtirokidagi konsert dasturida ijro etilgan qo‘shiq va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tashkilotchilar va homiylar tomonidan bolajonlarga esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, ular uchun to‘kin bayram dasturxoni yozildi.
Ko‘rsatilgan e‘tibor va mehr-muruvvat uchun bolajonlar va ularning yaqinlari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Bu kabi tadbirlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mahallalarimizda bo'layotgan xayrli ishlar

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bugun So'x tumanida

Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

3 iyun – Butunjahon velosiped minish kuni

So'x tumanida "Bolalarga kitob bering" chellenjiga start berildi!

“DXX kubogi-2025”: “Oftobru” jamoasi So'x tuman bosqichi g'olibi