Jarayon







“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi 3-kun
Bugun o'quvchi yoshlar harbiylashtirilgan estafetada chaqqonlik, epchillik va shijoat bilan shartlarni bajarishga kirishdilar. Dastlabki shartda ishtirokchilar 25 metr masofaga granata uloqtirgan bo'lsalar, keyingi bosqich ularning zararlangan hududdan gazniqoblarni tez va to'g'ri kiygan holda jamoa tarkibida o'tish mahoratlarini sinovdan o'tkazdi.
Navbatdagi bosqich kompьyuterli otish trenajeridan o'q otish mashqi bo'ldi. Unda har bir jamoadan uch nafar ishtirokchi qatnashib, merganlik mahoratini namoyon etdi.
Ta'kidlash kerakki, barcha shartlardan hamjihatlik bilan, tez va chaqqon o'tgan yosh chegarachilar, musobaqalarning tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlarida haqli ravishda g'oliblikni qo'lga kiritganlarini amalda namoyon etib berdilar.
Eslatib ӯtamiz Farg'ona viloyatidan Sӯx tamanining "Sarhad" jamoasi ishtirok etmoqda
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!