So'x tu

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
96
11

2752025-05-17 17:35

Tuman markazi va mahallalardagi noqonuniy qurilishlar yuzasidan o'rganishlar olib borilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987261855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987263050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987265440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987267830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987270220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987272610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987275000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2088244987278585.jpg

Xabaringiz bor, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan mutasaddi va daxldor idoralar mutasaddilariga tuman markazidagi noqonuniy qurilmalar bo'yicha o'rganishlar olib borish, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko'rish vazifasi berilgan edi. Qisqa muddat davomida o'tkazilgan o'rganishlarda ko'p holatlarda o'zboshimchalik bilan yer maydonlari va hududlarni o'zlashtirishlar aniqlandi.

Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi tomonidan tumandagi fuqarolarning Farg'ona viloyati hokimligiga yuborilgan va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, So'x tumani hokimi ko'rsatmasiga asosan So'x tumanida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ob'ektlarni o'zlashtirish yuzasidan o'rganishlar davomida qo'yidagilar aniqlandi:

- So'x tumanida yer maydonlarini ijaraga berish va ajratish O'zbekiston Respublikasi “Er kodeksi” va “Shaharsozlik Kodeksi", O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmog'i xo'jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi 2010 yil 17-maydagi 93-sonli, 2021 yil 3-avgustdagi 485-sonli qarorlari va boshqa amaldagi qonunlar, shaharsozlik talablari va me'yorlariga zid ravishda olib borilayotganligi;

- Shuningdek, So'x tumani markazi Rovon MFY “Amir Temur” ko'chasi yoqalaridagi hamda ijtimoiy soha va infratuzilma ob'ektlari tuman markazi Rovon shaharchasi bosh rejasiga zid ravishda bino va inshoatlar qurilishi uchun rejalashtirilmaganligi;

- piyodalar qatnov yuli va ko'kalamzorlashtiriladigan yerlar toifasidagi joylardan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma'muriy qurilish reglamentini tasdiqlash to'g'risida”gi 200-sonli qarori talablariga binoan tuman qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limini ruxsatnomasisiz, shaharsozlik hujjatlarisiz mavjud yer maydonida bino va inshoatlarini o'zboshimchalik bilan rekonstruktsiya, buzib qayta qurish, ta'mirlash ishlari olib borilganligi;

- buning oqibatida, So'x tumanining tarixiy va madaniy ahamiyatiga, hududlarning zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlanishiga, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga, mavjud binolarning arxitekturaviy qiyofasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi ma'lum bo'ldi.

Tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tumandagi Sarikanda, Rovon, Navobod, Yangiariq, Oftobru, Istiqlol mahallalarida joylashgan 25ta tadbirkorlik sub'ektlariga qarashli bino va inshootlar o'rganildi. Yuqorida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mazkur ob'ekt va tadbirkorlik sub'ektlarga taaluqli tadbirkorlarga o'z vaqtida belgilangan tartib asosida ogohlantirish xati taqdim etilgan bo'lib nusxasi saqlanib kelinmoqda.

Ayni kunda tumanning boshqa hududlarida ham o'rganish tadbirlari davom etyapti. Qonun buzilishi holatlariga yo'l qo'ygan shaxslar va sub'ektlarga qonun doirasida choralar ko'riladi.

Muhriddin Boybolayev - Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi So'x tumani bo'limi boshlig'i

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz