Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
7

132025-05-13 19:50

Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642474150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642477735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642480125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642484905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642487295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642490880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642495660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841642496855.jpg

Bugun Guliston mahallasidagi kasb-hunar texnikumida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov ishtirokida mazkur mahalla fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etilib, o'tkazildi. Uchrashuvda mahalla fuqarolari, nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olgan tuman hokimi oxirgi yillarda mahalla miqyosida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganligi, turli sohalardagi muammo va kamchiliklar bosqichma bosqich hal etilayotganligi, islohotlar jarayonida halqimizning tashabbuskorligi va bevosita mazkur jabhalardagi ishtiroki, mahalla yettiligining hudud rivojlanishidagi hissasi haqida alohida to'xtalib o'tdi. Bu yili ham mahallada davlat dasturlari va turli loyihalar asosida amaliy ishlar qilinishi haqida alohida to'xtalib o'tdi.

Ayni kunda Jahon Bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mahallaning ichki ko'chalarida asfalьtlashtirish ishlari boshlab yuborilgani hududga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor nishonasi ekanligi alohida qayd etildi. Bu borada mahalla fuqarolariga tuman hokimi o'rinbosari Sodiqjon Murzoyev va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i Oxonjon Oxonjonovlar ham ma'lumot berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilardan tuman hokimiga mahalla raisi saylovini o'tkazishga doir savollar berildi va tuman hokimi o'z navbatida ishtirokchilarga mahalla raisi saylovini o'tkazish O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 15 oktyabrь kuni qabul qilingan “Fuqarolar yig'ini raisi saylovi to'g'risida”gi 499-sonli Qonuni asosida amalga oshirilishini ta'kidladi. Shunigdek, tuman hokimi fuqarolar yig'inlari raislari saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi komissiya raisi sifatida mahalla raisi nomzodini ko'rsatish va tanlashga vakolati yo'qligini qayd etdi. Mahalla raisi haqiqiy vatanparvar inson bo'lishi va “Fuqarolar yig'ini raisi saylovi to'g'risida”gi Qonunda belgilangan talablarga mos bo'lish lozimligini alohida ta'kidladi.

Tadbir oxirida mahalla fuqarolari berilayotgan e'tibor va bo'layotgan o'zgarishlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik izhor etdilar. Mutasaddi idoralar vakillariga mahalladagi obodonlashtirish ishlariga mas'uliyat bilan yondoshib, barcha ishlarni sifatli bajarishga doir ko'rsatmalar berildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz