Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
57
7

222025-05-13 19:49

Respublika ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli So'x tumanida

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558165705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558168095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558171680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558174070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558180045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558181240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558187215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087841558188410.jpg

Tumanimizning markaziy o'yingohida ichki ishlar xodimlari va ularning oila a'zolari uchun ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli san'atkorlari tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. An'anaga aylanib qolgan ushbu kontsert dasturiga tumanimizning barcha hududlaridan tomoshabinlar kelishdi.

Taniqli so'z ustalari, mashhur xonandalarning yurtimizdagi eng chekka hududlarga tashrif buyurib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil etayotganlari shuni anglatadiki, O'zbekistonning har bir go'shasi, cheyeka va olis hududlari ham amalga oshirilayotgan islohotlar, ezgu va xayrli tashabbuslardan bebahra emas. Eng muhimi, manaviy-marifiy tadbirlarning tashkil etilishi, yoshlarning ma'naviyatini oshirish, ularning qalbida vatanga bo'lgan muhabbat va sadoqat tuyg'ularini yanada shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'yin-kulgu va chiroyli raqslar bilan davom etgan konsert dasturi tuman ahlida juda katta taassurot qoldirdi va ayniqsa, yoshlarning quvonchi cheksiz edi. Poytaxtdan kelgan san'takorlarni esa, So'x tumanining maftunkor va betakror tabiati, baland tog'lar qoyalari bag'ridan hamda yer qa'ridan katta shiddat bilan otilib chiqayotgan zulol suvlar mahliyo etgani ayni haqiqat.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz