Yanada go‘zal va yanada ko‘rkam xonadonlar!

Qo‘qon shahar hokimi renovatsiya dasturi doirasida yangitdan barpo etilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan muloqot qildi.
Jami Pustindo‘z ko‘chasidagi ma’nan eskirgan ko‘p qavatli uylar hududida 3 ta 12 qavatli uy-joy binolari va aholiga qo‘shimcha shart sharoitlar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma obyektlari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan renovatsiya dasturi mazmun mohiyati, aholini zamonaviy va sifatli uy-joylar bilan ta’minlashga qaratilgan loiyhaning qulay tomonlari, aholiga eski xonadonlari o‘rniga jaratiladigan yangi uy-joylar xususida ma’lumot berdi.
Qo‘qon shahar hokimi aholini qiziqtirgan ko‘plab savollariga ham javob berib, fuqarolar manfaatlari ishonchli va kafolatli himoyalanganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tepaqo‘rg‘on ziyoratgohi yaqinida joylashgan hududda istiqomat qiladigan fuqarolar ishtirokida Qurbonlik qilindi. Qur’on o‘qilib, yurtimizga omonlik, xalqimizga tinchlik farovonlik, yurtboshimizga uzoq umr tilab, duolar qilindi.
Marufjon Usmonov, qurilish tashkiloti mutasaddiari hamrohligida aholi xonadonlarini ham ko‘zdan kechirib, yangi quriladigan uylarda aynan shunlay va unlan yaxshi sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Hurmatli O‘zbekiston tumanilik tadbirkorlar va ishbilarmonlar!



Matonatli yoshlar “Besh tashabbus paralimpiadasi”da bellashdi

O‘zbekiston kitobxonlar yurtidir