Munosabat

Do'stlik stellasining ochilishi - bu uch xalq o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikning ramzidir. Bu tarixiy voqeaning guvohi bo'lish barchamiz uchun sharafdir. Ushbu stella xalqlarimiz o'rtasidagi mustahkam aloqalarni yanada chuqurlashtiradi va kelajak avlodlarga tinchlik va hamjihatlikni o'rgatadi.
Do'stlik stellasining ochilishi biz xotin-qizlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu nafaqat uch davlat, balki uch xalq xotin-qizlari o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tinchlik va osoyishtalikni qadrlaydigan biz ayollar uchun bunday voqealar juda muhim. Zero, tinchlik bo'lsagina, farzandlarimizni bekamu ko'st, baxtli qilib tarbiyalay olamiz. Kelajak avlodlar ham do'stlik va hamjihatlik ruhida ulg'ayishlari uchun biz ayollar bu yo'lda bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak, deb o'ylayman. Bu stella barchamizga do'stlikning bebaho ne'matini eslatib tursin!
Matluba Sufiyeva - Farg'ona viloyat So'x tumani Demursad mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlar faoli
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



