RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI VAKILLARI TOMONIDAN HUDUDLARDA O’RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2025-02-06 18:27:49 46
Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan hududlarda o’rganish ishlari davom etmoqda
Bugun Respublika ishchi guruh a'zolari So’x tumaniga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Tul chegara nazorat-o’tkazish punktida qabul qilib olgan tuman hokimi boshchiligidagi guruh dastavval, Devayron-Tul yo’nalishida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasidagi ishlarni ko’zdan kechirib, o’zlari ham mahalla ahli bilan bodom ko’chatlari o’tqazishdi.
Shundan so’ng mehmonlar tuman ichki ishlar bo’limi ma'muriy binosida yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar va bo’lim xodimlarining bir kunlik faoliyatini ko’zdan kechirishdi. Tashrif jarayonida huquq-tartibot organlari faoliyatining natijadorligini oshirishga doir tavsiya va takliflar berildi.
Amaliy tashrif davomida tumandagi Hushyor hamda Qal'a mahallalari "ettiligi" faoliyati o’rganildi.
Unda Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1-sonli qarori ijrosini ta'minlash, qarorning har bir bandida ko’satib o’tilgan vazifalarni bekamu ko’st ado etish yuzasidan mahalla faollariga topshiriqlar berildi.
Mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda «mahalla yettiligi» har bir vakilining aniq mas'uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish borasida mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, shtab va tuman ishchi guruh a'zolari hamkorligida bu borada amalga oshirilgan ishlar ahvoli muhokama qilinib, faoliyatni jadallashtirish, kunlik nazoratni samarali tashkil etish yuzasidan qator vazifalar belgilab berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram