“JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT” SHIORI OSTIDA TADBIRLAR O’TKAZILYAPTI
2025-02-05 18:03:46 30
“Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida tadbirlar o’tkazilyapti
Ayni kunda tumanimizning barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida ijtmoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta'lim va tarbiya jarayonida oila va ota-onalarning rolini kuchaytirish, barkamol avlodni yetuk va sog’lom etib tarbiyalashga oid “Jaholtga qarshi ma'rifat” shiori ostida turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasida tashkil etilgan mazkur tadbirda ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’limi vakillari, korxona ishchi-xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda qatnashgan ichki ishlar vazirligi qoshidagi Farg’ona akademik litsey o’qituvchisi, ma'naviyat targ’ibotchisi Sherzod Turdiboyev tomonidan mavzuga doir keng ma'lumot va tushunchalar yetkazildi.
Respublika ishchi guruhi, viloyat hokimligi va ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, ishsizlik va kambag’allikni qisqartirish ishlarni yanada jonlantirishdan iborat.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram