Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISH CHILLASINING OXIRGI KUNI KO’CHAT EKISH BILAN BOSHLANDI

×

 2025-02-05 17:48:01    33

PDF yuklash
Chop etish


Qish chillasining oxirgi kuni ko’chat ekish bilan boshlandi

 

So’x tumanida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida o’tgan 2024 yilda arzirli ishlar amalga oshirilib, yangi 2025 yilda ham shu kabi ezgu amallar davom ettiriladi. 2025 yilning bahor mavsumida tumanimiz miqyosida 201 000 to’p yangi nihollar ekilishi rejalashtirilgan.

 

Bugun tumanimizga tuman hokimi sa'y-harakati va O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari federatsiyasi Farg’ona viloyat Kengashi ko’magi bilan 1 000 to’p bodom ko’chati olib kelindi. Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirokida bugun ushbu ko’chatlar Devayron-Tul yo’nalishidagi trassaning chetiga o’tqazildi.

 

Aytish lozimki, ezgu maqsad bilan boshlangan tashabbus umumxalq hashariga aylanib ketdi. Kunning ikkinchi yarmida Tul va Sohibkor mahallalari fuqarolari ko’chatlar o’tqazish uchun hasharga chiqishdi va tuman avtomobil yo’llaridan foydalanish unitar korxonasi mutasaddilari ham yangi ko’chatlar o’tqazish uchun yo’l chetida hudud tayyorlab berdilar va ayni damda ko’chat ekish ishlari davom etyapti.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








]





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram