KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA – FUQAROLAR MANFAATI UCHUN!
2025-02-05 17:43:42 32
Kuchli ijtimoiy himoya – fuqarolar manfaati uchun!
“Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta'minlash, ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish ko’lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish va oila a'zolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi bo’lgan bolalarning oila qaramog’ida qolishini ta'minlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida yangi tizim ishga tushiriladi.
Bu to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo’lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori imzolandi.
Yangi tizimga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab, tajriba-sinov tariqasida, bosqichma-bosqich Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida,
2025-yil 1-oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo’lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo’lga qo’yiladi.
Bunda, nogironligi bo’lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o’rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Zafariddin Zafarov - So’x tuman “Inson” IXM nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ishlash bosh mutaxassisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram