Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PISTACHILIK SO’X TUMANINING ENG ASOSIY DRAYVERIGA AYLANADI

×

 2025-02-04 17:33:13    47

PDF yuklash
Chop etish


Pistachilik So’x tumanining eng asosiy drayveriga aylanadi

 

Aytish lozimki, So’x tumanining iqlim sharoiti va ob-havosi qishloq xo’jaligining barcha mahsulotlarini yetishtirishiga muvofiq hisoblanadi. Bugun tuman aholisi ekin yer maydonlarining har bir qarichidan unumli foydalanishga harakat qilishayotir.

 

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar tashabbusi bilan bugun tumanda pistachilikni rivojlantirish uchun ilk qadamlar qo’yilmoqda. Mahallalarda pistachilik ko’chalarini tashkil etishga doir targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

 

Bugun tumanimizning 2-sektoridagi Hazrati Ali va 3-sektori hududidagi Qaqir mahalla fuqarolar yig’inida aynan ushbu masalaga bag’ishlab tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev ishtirokida hudud aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

 

Har ikki mahalla fuqarolari faol qatnashgan mazkur tadbirda pistachilik istiqboli haqida ma'lumot berilib, Qaqir mahallasidan 55 nafar va Hazrati Ali mahallasidan 41 nafar fuqaroga yetishtirish uchun 100 to’pdan pista urug’i taqdim etildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram