Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 150 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QISH CHILLASI CHIQISH OSTONASIDA BAHORGI YUMUSHLAR BOSHLAB YUBORILDI

×

 2025-02-04 17:31:40    45

PDF yuklash
Chop etish


Qish chillasi chiqish ostonasida bahorgi yumushlar boshlab yuborildi

 

Dehqonlar uchun qish chillasi qirq kunligi orta qolgan bo’lsa ham, hali tabiat sovuq kunlar va qishki iqlim tasarrufida. Biroq, tumanimizning 1-sektori hududida mirishkorlarimiz bahorgi yumushlarni boshlab yuborishgan, chunki ushbu hududning iqlimi tuman markazidan 1 oyga farq qiladi desak, mubolag’a emas.

 

Bahor faslini ushbu sektor fuqarolari tuman markazi aholisiga nisbatan 1 oy oldin kutib olishadi. Bugun tuman hokimi ushbu sektor hududida bo’lib, allaqachon bahorgi mehnatni boshlab yuborgan fuqarolar bilan uchrashdi.

 

Bobodehqonlar bugun ariq va kanallarni tozalash, sholi uchun pal, ya'ni yangi hosil uchun yer maydoni olish, yanada aniqroq aytadigan bo’lsak guruchning mo’l hosili uchun hudud ochishga kirishishgan. Tuman hokimi suhbat chog’ida har bir qarich yerdan samarali foydalanish va mazkur yer maydonlari, ya'ni sholichilik klasteri atrofiga yangi bodom va tut nihollari ekish bo’yicha taklif va tavsiyalar berdi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram