HUDUD TOZALIGI – ASOSIY MAQSAD
2025-02-04 17:29:47 45
Hudud tozaligi – asosiy maqsad
Hududlar tozaligi va ozodaligiga barchamiz birdek mas'ulmiz. Ammo shunday insonlar ham borki, ushbu yumush ularning kundalik faoliyatiga aylanib qolgan.
Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tumanning obodonlashtirilishida hissa qo’shayotgan avtomobill yo’llaridan foydalanish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi. Tuman hokimi mazkur idora vakillari bilan suhbat chog’ida ularga amalga oshirilayotgan tozalik ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Daraqiqat, ushbu korxona ishchi-xodimlarini har doim tuman hududlarida va eng asosiysi, ko’chalarda muntazam tozalik ishlari va yumushlarni bajarish jarayonida ko’rasiz. Faoliyatini xalqimiz xavfsizligi va hudud obodonchiligiga bag’ishlayotgan ushbu mehnatkashlarga biz ham xalqimiz nomidan samimiy minntadorchilik bildiramiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram