XALQ QABULXONASIDA NAVBATDAGI QABUL
2025-02-04 17:26:42 46
Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o’tkazildi.
Fuqarolarni tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev qabul qildi. Qabulda tumanimizning turli hududlaridan kelgan fuqaroning uy-joy ta'minoti, ish bilan ta'minlash, davolanish uchun moddiy yordam, tadbirkorlik va dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat soha mutaxassislarini jalb qilgan holda chuqur o’rganildi, muammoli masalalarning bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muyayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Besh nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari shu joyning o’zida o’rganilib, ijorosi ta'minlandi.
Hokimlik qabuli jarayonida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov bevosita ishtirok etdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram