Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2025-02-03 18:03:54    153

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

 

Savol: Intizomiy jazosi bor xodimga KPI bo’yicha ustama berilmaydimi?

 

Javob: Ko’pchilik tashkilotlarda bugungi kunda xodimlarning oylik maoshlariga qo’shib beriladigan ustalar ularning KPI ko’rsatkichlariga asosan berilish tartibi yo’lga qo’yilgan. Korxonada intizomiy jazoga tortilgan xodimga garchi uning KPI ko’rsatkichlari yuqori bo’lsa-da intizomiy jazo qo’llangani bois unga KPI uchun ustama haq to’lanmasligi bilan bog’liq masalalar o’rtaga chiqmoqda.


Qonunchilik bu masalaga nima deydi?


Mehnat kodeksining 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to’lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo’llanilmaydi.


Ish beruvchilar shuni asos qilib olishyapti-da intizomiy jazosi bor xodimlarga KPI to’lovlarini to’xtatishmoqda. Biroq bu yerda gap rag’batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to’lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar haqida gap ketmoqda.


Mehnatga haq to’lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni bir-biriga qorishtirmaslik kerak.


MK 299-moddasi 4-qismiga ko’ra, ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar va mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lash to’g’risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.


Ya'ni agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan bo’lsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to’lash tizimida nazarda tutilgan KPI uchun ustama to’lanadi.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram