Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA 2025 YILDA XIZMAT KO’RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR

×

 2025-02-03 18:03:03    156

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida 2025 yilda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar

 

Xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini oshirish bo’yicha joriy yilda xizmat ko’rsatish hajmi – 625.3 milliard so’mga yoki 114.6 foizga yetkazishni, bu borada quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.

 

Hususan:

 

- joriy yilda jami 212,8 milliard so’mlik 455 ta xizmat ko’rsatish yo’nalishdagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga 1 402 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi;

 

hududlarda 122 ta yangi xizmat ko’rsatish korxonalari va YaTTlar tashkil etilishi hisobiga qo’shimcha 35,8 milliard so’m xizmatlar ko’rsatiladi;

 

- xizmatlar sohasida 1 198 nafar fuqarolar o’zini o’zi band qilishga hamda 1 112 ta norasmiy ish o’rinlarini rasmiylashtirish hisobiga 4 274 yaqin yangi ish o’rinlari tashkil etiladi;

 

- faoliyat ko’rsatmayotgan 83 ta xizmat yo’nalishidagi korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyatini tiklash va ko’maklashish hisobiga 24,6 milliard so’mlik xizmatlar hajmi yaratiladi.

 

Shu bilan birga 2025 yilda tumandagi 4 ta yirik xizmat ko’rsatish korxonalari tomonidan jami 17,2 milliard so’mlik loyihalarni amalga oshirish hisobiga 80 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

 

Zayliddin Iskandarov – So’x tumani iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram